Ijtimoiy tarmoqlarda PPX xodimi voyaga yetmagan qizlarni toğli hududga olib borib, ularga tegajoğlik qilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Qizning qarindoşlari tarqatgan ma’lumotlarga köra, voqea 28 aprel kuni keçda Ohangaron şahrida sodir bölgan.

“27 aprel kuni soat 21:00 larda dugonalarim bilan uy oldidagi örindiqda ötirgandik. Oldimizga Spark kelib töxtadi va maşinaga ötirişimizni aytdi. Men rad etdim. Lekin u qöpol ravişda ötirişimni buyurdi. Uni içki işlar xodimi, menga heç narsa qilmaydi deb öylagandim”, degan qiz.

Uning qöşimça qilişiça, şundan söng xodim ularni “allaqanday toğli hududga” olib borgan. Keyin maşinani töxtatib, ularga şilqimlik qila boşlagan. Şundan söng qizlardan birining akasi geolokatsiya orqali öşa yerga yetib borgan.

Qizning akasi avtomobilning davlat raqami 10 R077MB bölganini, rulda esa PPX xodimi ötirganini aytgan.

“PPX xodimi 14 yoşli singlim bilan tungi soat 1:00 da toğda, maşina içida bölgan. Nima bilan şuğullanganini bilmayman. Yordam berişingizni, bu voqeani keng ommaga yoyişingizni sörayman. Bu aqlga siğmaydigan holat”, degan u.

Şuningdek, qizning akasi video va telefon suhbatini yozib olganini, erkak unga tahdid qilayotganini bildirgan.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti holat yuzasidan munosabat bildirdi. Unga köra, tarqalgan xabarlar yuzasidan IIV Öz xavfsizligi bölinmasi hamda prokuratura tomonidan birgalikda tekşiruv olib borilmoqda.

“Voqea iştirokçilari va tafsilotlari aniqlangan. Xodim xizmat vazifasini bajarişdan çetlatilgan. Bayon etilgan faktlar tasdiqlangan taqdirda, uning xatti-harakatlariga qat’iy huquqiy baho beriladi. Hatto jinoiy javobgarlikka tortişgaça çora köriladi”, deyiladi munosabatda.

Tekşiruv natijalari haqida qöşimça ma’lumot berilişi bildirildi. Şuningdek, departament fuqarolardan faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanişni söragan.