Ohangaron şahrida PPX xodimini pedofiliyada ayblab, yolğon axborot tarqatgan 18 yoşli yigit ma’muriy jazoga tortildi. Bu haqda Toşkent viloyati IIB axborot xizmati rahbari Bobur Tölaganov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, yigit ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videosida içki işlar xodimini voyaga yetmagan qizning nomusiga tegganlikda ayblagan. U holatga aniqlik kiritiş maqsadida içki işlar binosiga çaqirtirilganda IIB xodimlarining qonuniy talabiga böysunmay, janjal kötargan.
Suriştiruv davomida yigit internetda tarqatgan ma’lumotlari yolğonligini tan olgan.
JIB Ohangaron şahar sudining qarori bilan yigit va uning ikki şerigi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik), 194 (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddalarida (içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. Ularga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Qöşimça qilinişiça, yigitga nisbatan içki işlar organi xodimini qasddan obrösizlantiriş, yolğon axborot tarqatiş hamda guruh bölib transport vositasiga şikast yetkaziş holatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Ohangaron şahrida PPX xodimi 14 yoşli qizni dugonasi bilan birga toğli hududga olib borib, ularga şilqimlik qilgani aytilgandi. 14 yoşli yigit qizning akasi ekanini aytib, xodimni pedofiliyada ayblagan. Holatni örgangan Toşkent viloyati IIBB bu xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qilgandi. Şu bilan birga, Bolalar ombudsmani holatni nazoratga olganini bildirgan.












