Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Trampning raketalar bo‘yicha bitimdan chiqishi - Shimoliy Koreyaga signal
Foto: AP/SUSAN WALSH
1987 yilgi O‘rta va qisqa masofadagi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha Rossiya bilan bitimdan chiqish haqidagi qaror orqali, AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRga signal yuboradi. Bu haqda jurnalist Mark Tissen The New York Times sahifalarida yozmoqda.
Muallifning yozishicha, Trampning Shimoliy Koreyaga «nozik, ammo xato bo‘lmagan signali» shundan iboratdir: agar Pyongyang yadrosizlanish jarayonidan bosh tortsa, Qo‘shma Shtatlar davlatni o‘rta hamda kichik masofadagi raketalar bilan o‘rab olishi mumkin, bu ogohlantirmasdan zarba berish imkonini yaratadi.
Ta'kidlanishicha, hozirgi paytda Tramp ma'muriyati Shimoliy Koreya bilan yadroviy qurolsizlanish jarayoni bo‘yicha muzokaralarda uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishga erishdi. Muallifning fikricha, Osiyoda Amerika raketalarini joylashtirish bo‘yicha ehtimoliy tahdid muzokaralar dinamikasi hamda natijalariga ta'sir qilishi mumkin.
Tissenning aniqlik kiritishicha, amerikaliklar O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqib, Yaponiya yoki Guam orolidagi bazalarda yuzlab raketalarni joylashtirishlari mumkin. Bu, o‘z navbatida, Amerika Qo‘shma Shtatlari Koreya yarim orolida Amerika aviatashuvchilarini harbiy kuch belgisi sifatida joylashtirishga majbur bo‘lmasligini anglatadi, sababi Osiyo mintaqasida O‘rta va kichik masofadagi raketalar KXDRni «doimiy nishonga» aylantiradi, deyiladi materialda.
Bundan tashqari, Trampning O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqishi AQShga «Xitoy tajovuzkorligini» yanada samarali ravishda bosib turishda yordam beradi, deya qo‘shimcha qilgan muallif.
Mavzuga oid
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025
Livitt: Ukraina bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, lekin prezidentlar bu hafta uchrashmaydi
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025