Fan-texnika | 14:09 / 27.10.2018
12174
2 daqiqa o‘qiladi

Eng tezkor McLaren’ning ilk suratlari e'lon qilindi 

Internetda, ommaviy namoyishi 27 oktabrga belgilangan, yangi McLaren Speedtail supergibridi suratlari paydo bo‘ldi. Giperkar Ultimate Series qatorining bir qismi bo‘lib, marka tarixidagi eng tez avtomobil nomi uchun kurashib ko‘radi. Bundan tashqari, avtomobilni xarid qiluvchilarga avval mavjud bo‘lmagan personallashtirish darajasi taklif etiladi. 

Foto: McLaren

McLaren Speedtail afsonaviy F1’ning g‘oyaviy davomi hisoblanadi. Supergibrid 3 o‘rindiqli salon va 570S GT4 poyga avtomobilidan 8 silindrli benzin-elektr kuch qurilmasi oladi. Gaplarga qaraganda, giperkar 100 km/soat tezlikka bor-yo‘g‘i 2 soniyada erishadi, maksimal tezligi esa 420 km/soatdan oshadi.

Foto: McLaren

Kompaniyada ta'kidlanishicha, Speedtail modeli McLaren’ning eng hashamatli modeli bo‘ladi. Kompaniyaning MSO bo‘limi mashina uchun cheksiz sonda kuzov rangi va salonning bezalishini hamda 18 qirotli oq oltin, platina, alyuminiy va oddiy nakleyka ko‘rinishidagi bir necha emblemalar to‘plamini taklif etadi. Qimmatbaho metallardan logotiplarni Olimpiada medallari va kuboklar yaratishga ixtisoslashgan Vaughtons britan firmasi shug‘ullanadi.

Foto: McLaren

Giperkarning asosiy funksiyalarini displey yordamida boshqarish taklif qilingan. Mashina shiftida uzatmalar qutisi tugmalari, old ustunlar tagida yon tomonni ko‘rish kameralaridan tasvir chiqariluvchi ekran joylashtiriladi.

Foto: McLaren

McLaren Speedtail kuzovida innovatsion materiallar, ehtimol o‘ta yengil nanokompozitlar qo‘llanadi.

Mavzuga oid