Sport | 20:45 / 27.10.2018
7015
2 daqiqa o‘qiladi

Valverde: «Yaralangan «Real» ikki karra xavfli»

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Primera navbatdagi turidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi o‘yindan oldin, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Klasiko mavsumning boshqa o‘yinlari oldida alohida ajralib turadi. Bunda raqibning qanday holatda ekanining ahamiyati yo‘q. Menimcha, yaralangan «Real» ikki karra xavfliroq, shu tufayli ham, ishlari joyida bo‘lgan «Real»ga qarshi o‘ynashni afzal ko‘rgan bo‘lardim. 

«Real» ham, «Barselona» ham jamoaviy o‘yinlari bilan nom qozongan. Shu tufayli, Ronaldu va Messining yo‘qligi o‘yinga ta'sir qilmasa kerak. Kimdir ularsiz Klasiko o‘ladi degan edi, ammo bu bekor gap! Klasiko ular tug‘ilmasidan oldin ham buyuk o‘yin bo‘lgan, hozir ham shunday va kelajakda ham shundayligicha qoladi», - dedi Valverde.

«Barselona» - «Real» o‘yini 28 oktabr kuni soat 19:15da boshlanadi.

Mavzuga oid