Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Eronga bordi
Foto: Xalqaro press-klub
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 21-24 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Eron Islom Respublikasida bo‘ldi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Tashrif chog‘ida delegatsiya Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari, avvalo «Xaf – Hirot» yangi temir yo‘l tarmog‘i infratuzilmasi hamda Chohbahor dengizi porti imkoniyatlari bilan tanishdi.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Eron temir yo‘llari tashkiloti rahbariyatlari bilan ham uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.
Tashrif davomida afg‘on muammosi yechimiga ko‘maklashish, Afg‘onistonda tinchlik muzokaralarini boshlash yo‘llari hamda ushbu mamlakatda infrastruktura loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
15:15
AQSh Eronga zarba beradimi? So‘nggi muzokaralar fonida keskinlik kuchaymoqda
18:49 / 19.02.2026
AQSh Eron yaqinida qo‘shin to‘plamoqda. Urush xavfi oshdi
11:53 / 19.02.2026
O‘zbekistonga arab xurmosini eng ko‘p Eron yetkazib berdi
12:17 / 18.02.2026