Jamiyat | 14:02 / 30.10.2018
34421
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘smirlik davri teri muammolariga yechim topildi

Foto: Biokon

O‘smirlik davridan boshlab balog‘at yoshiga yetayotgan yoshlarda gormonal o‘zgarishlar va organizmdagi qon aylanishining muntazam o‘zgarib borishi teriga o‘z ta'sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Aksariyat husnbuzarlardan azob chekayotganlar 14-20 yoshdagi yoshlar hisoblanadi.

Gormonal muvozanat o‘zgarishi va gormonlarning buzilishi har qanday yoshlarda kuzatilishi mumkin. Bunda husnbuzar nafaqat jismoniy (og‘riq, ba'zan esa qonashi), balki ruhiy noqulaylik ham tug‘diradi. Aksariyat yoshlar husnbuzarlar va dog‘lar tufayli oddiy suhbatda yoki atrofidagilar bilan muomala qilishda qiyinchiliklarga, noqulay vaziyatlarga duch kelishi va bu holat ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.

Foto: Biokon

Bundan tashqari, mavjud stress oqibatida yoshlarning ruhiy holatida agressivlik va tez ta'sirlanish yoki tez jahl chiqishi kuzatiladi. Ular ushbu muammoni juda tez bartaraf etishga urinishadi. Fiziologik o‘zgarishlar doim ham yoqimli bo‘lmagani uchun, ruhiy holatga salbiy ta'sir o‘tkazishi tabiiy hol.

Shuning uchun husnbuzarlardan xalos bo‘lish — nafaqat salomatlik, balki yoshlarning muvaffaqiyatga erishishiga ta'sir ko‘rsatadigan muhim masala hisoblanadi.

Foto: Biokon

Ante AkneAktiv kremi yuz terisidagi mikroblarga qarshi kurashishda, yallig‘lanishning oldini olish va yuzni namlantirishda eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi. Ushbu krem yuzdagi yog‘ bezlarining ishini susaytiradi va natijada teri qaytadan nafas olishni boshlaydi. U nafaqat husnbuzarlardan qutulishda, balki yara va husnbuzarlardan qolgan izlarni hamda dog‘larni ketkazishda ham foydalaniladi. Uni atigi bir necha hafta qo‘llash orqali misli ko‘rilmagan natijaga erishish mumkin. Undan foydalanish ham nihoyatda sodda. Toza yuvilgan yuzga ma'lum (yallig‘lanishni boshlagan) nuqtalar bo‘ylab surish va krem qurigandan so‘ng uxlashga yotish yetarli - ertalab husnbuzarlardan asar ham qolmaydi.

Vaqtni qo‘ldan boy bermang. Husnbuzarlardan butunlay xalos bo‘ling va mukammal yuzga ega bo‘ling.

Foto: Biokon

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid