Yuz terisi parvarişini qaçondan boşlaş kerakligi, terida paydo böladigan husnbuzar, toşmalar sababi, ulardan qoladigan doğlar va davolaş usullari haqida Kun.uz muxbiri tajribali dermatolog-kosmetolog Saida Isamuhammedova bilan suhbatlaşdi.

Husnbuzarlar irsiy yöl bilan ham ötadi

Husnbuzarning teriga toşiş davri 2ga bölinadi. Birinçisi ösmirlik davridagi husnbuzar – 14 yoşgaça çiqib, aksariyat hollarda 1-2 yilda ötib ketadi. Ikkinçisi – 25 yoşdan keyin boşlanadi va bu keçki husnbuzar kasalligi hisoblanadi. Ikkala davrda ham uning paydo böliş sabablari aniqlanib muolaja qilinmasa, husnbuzarlar örnida doğlar qolib ketişi mumkin.

Husnbuzarlar asosan irsiy yöl bilan ötadi. Deylik, ota-onadan birining yoşligida husnbuzar bölgan bölsa, bu kasallik farzandlarining bittasiga ötişi mumkin. Agar ota-onaning ikkisi ham bu kasallikdan aziyat çekkan bölsa, farzandlarining barçasiga husnbuzar toşiş ehtimoli bor. E'tibor qilinmasa, ular 30 yoşdan keyin ham yuzda qolib ketişi mumkin.

Gormonlar me'yori buzilişi, gazli içimliklar, xlorli suv yuzdagi toşmalarga sabab böladi

Gormonlar özgarganda yoki ularning mutanosibligi buzilganda, endokrinologik va ginekologik kasalliklar paydo bölganda, ovqatlaniş tartibi buzilib, köp miqdorda gazli içimliklar va yengil uglevodlarga boy mahsulotlar iste'mol qilinganda ham yuzga toşma va husnbuzarlar toşişi mumkin. Hammada ham yuqoridagi mahsulotlarni iste'mol qilganda husnbuzar toşmaydi. Ba'zi organizmlar uçun oqsillar ortiqçalik qilib, yuzga toşmalar toşib özini ma'lum qiladi. Şu bilan birga, toşmalar içki organizmda paydo bölgan kasallik bilan ham boğliq böladi. Masalan, oşqozon-içak kasalliklari va qabziyat bezovta qiladigan bemorlarda ham husnbuzar toşadi.

Odatda havoda namlik baland hududlarda yaşaydigan kişilar husnbuzardan aziyat çekmaydi. Quruq iqlim mintaqada yaşaydiganlarni bu kasallik köproq bezovta qiladi.

Şuningdek, tarkibida xlori köp bölgan suv içiş yoki yuviniş uçun foydalaniş ham yuzdagi toşmalarga sabab bölişi mumkin. Xlorli suv yuzni quritadi, natijada yoğ bezlari keragidan ortiq faollaşib, yuzda husnbuzarlar köpayib boraveradi. 

Husnbuzarni davolaşda qon tahlili, gormonlar me'yorini tekşiriş muhim

Teridagi doimiy toşma yoki husnbuzarlarning kelib çiqiş sababini aniqlamasdan muolaja qiliş samara bermaydi. Odatda köpçilik özidagi bu muammoni hal qiliş uçun kosmetologga murojaat qiladi. Ammo bu muolaja vaqtinça bölişi yoki deyarli foyda bermasligi mumkin.