Foto: Biokon

Köpçilik uçun yoqimsiz holat bölgan yuzdagi husnbuzarlardan qutuliş uzoq vaqtni talab etadi. Bunday teri buzilişidan aziyat çekadiganlarning köpçiligi davolaş davrining uzoqligi sababli undan bezor bölişadi va unga taslim bölişadi.

Afsuski, hozirda kosmetika bozorida mavjud vositalar bunday holatlarni butunlay bartaraf etişga qodir emas. Xöş, unda yuzdagi husnbuzar va qora nuqtalardan qanday xalos böliş mumkin? Qanday qilib qisqa muddatda vraç huzuriga bormasdan yoğli yuzni normal holatga keltiriş va mukammal yuz terisiga ega böliş mumkin?

Akne, ya'ni, husnbuzar toşişi — har qanday yoşda duç keliş mumkin bölgan jiddiy muammo. Bunda husnbuzar nafaqat jismoniy (oğriq, ba'zan esa qonaşi), balki ruhiy noqulaylik ham tuğdiradi: köpçilik odamlarda husnbuzar tufayli suhbatlaşişda qiyinçiliklar yuzaga keladi, kişi öziga bölgan işonçini yöqotadi, kişida ruhiy murakkabliklar rivojlanadi. Şuning uçun husnbuzarlardan xalos böliş — nafaqat salomatlik, balki hayotdagi muvaffaqiyatga erişişga ham tegişli masala. Şuningdek, uşbu teri xastaligi insonning ulğayiş jarayonida muhim palla hisoblangan ösmirlik davrida vujudga kelişi köpçilikda ruhiy iztiroblarni keltirib çiqaradi.

Foto: Biokon

Gormonal muvozanat özgarişi va gormonlarning buzilişi har qanday yoşlarda kuzatilişi mumkin. Aksariyat yoşlar husnbuzarlar va doğlar tufayli oddiy suhbatda yoki atrofidagilar bilan muomala qilişda qiyinçiliklarga, noqulay vaziyatlarga duç kelişi va bu holat ularning öziga bölgan işonçini yöqotişiga olib kelişi mumkin.

Bundan taşqari, mavjud stress oqibatida yoşlarning ruhiy holatida agressivlik va tez ta'sirlaniş yoki tez jahl çiqişi kuzatiladi. Ular uşbu muammoni juda tez bartaraf etişga urinişadi. Fiziologik özgarişlar doim ham yoqimli bölmagani uçun, ruhiy holatga salbiy ta'sir ötkazişi tabiiy hol.

Şuning uçun husnbuzarlardan xalos böliş — nafaqat salomatlik, balki yoşlarning muvaffaqiyatga erişişiga ta'sir körsatadigan muhim masala hisoblanadi.