O‘zbekiston | 22:21 / 01.11.2018
69150
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordagi fojiadan keyin Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi

Shaxsiy uylarda isitish pechlari va isitish tizimlarini tekshirish va nazorat qilish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.

Mazkur komissiyaga O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchilik qiladi. 

Qayd etilishicha, mos ravishda viloyat va tumanlarda ham namunaviy ko‘rinishda komissiyalar tuziladi.

Hukumat komissiyasi 31 oktabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani Dilxush ko‘chasi 37-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Alisher Akbarov xonadonida yuz bergan fojia ortidan tuzilmoqda. Ushbu oilaning 4 nafar farzandi is gazidan o‘tkir zaharlanish oqibatida vafot etdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid