Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yapon oroli suv ostiga g‘arq bo‘ldi
Yaponiya sohillari yaqinida joylashgan Esanbe Xanakita Kodzima oroli suv ostiga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda The Guardian nashri ma'lum qildi.
Kuril tizmasiga kiruvchi Kunashir, Iturup, Shikotan va Xabomai orollaridan g‘arbda joylashgan orolda aholi yashamagan. Bu hududning yo‘qolganini Xokkaydo oroli aholisi aniqlagan, ular bu haqda tegishli xizmatlarga ma'lum qilishgan. Voqea joyiga kelgan razvedka kemalari orol yo‘qolganini tasdiqlashgan.
Esanbe 2014 yilda Yaponiya tomonidan nomlangan 158 ta kichik orolchadan biri bo‘lgan. Yaponiya sohilbo‘yi xizmati oxirgi marta orolni 30 yildan ko‘proq vaqt oldin ko‘zdan kechirgan. Ta'kidlanishicha. orol 1987 yilda dengiz sathidan 1,4 metr balandlikda bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:30 / 16.07.2026
Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026