Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik chiptachi tortinchoqligi sababli xorijliklarni 2,5 yil bog‘ga bepul kiritgan
Foto: Shutterstock
Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Sindzyuku-geen milliy bog‘i chipta sotuvchisi 125 mingga yaqin xorijlik sayyohni ulardan pul so‘rashga tortingani sababli bog‘ga bepul kiritgan.
Bog‘ga kirish haqi uncha kattamasligiga (200 iyen, 2 dollar atrofida) qaramay, erkak chiptachi shu summani so‘rashga ham tortingan. Bog‘ chiptachining 2,5 yillik faoliyati davomida 25 mln iyenga (220 ming dollar) yaqin pul yo‘qotgan.
Chiptachi sayyohlardan pul olmaganiga qaramay, ularga chiptalar bergan, chunki bog‘ga kirish uchun chiptadagi maxsus kodni hisob qurilmasiga qo‘yish kerak bo‘lgan.
Ko‘rinishicha, kamtar xodim tushum va sotilgan chiptalar o‘rtasidagi farq aniqlanmasligi uchun ma'lumotlar bilan ishlovchi hamkasbidan chiptalarni hisobdan chiqarishni so‘ragan. Bog‘ rahbariyati bu haqda erkakning g‘alati odatini payqab qolgan xodimlardan xabar topgan.
Mavzuga oid
08:40 / 09.02.2026
Yaponiya hukmron partiyasi tarixiy g‘alabaga erishdi
22:40 / 08.02.2026
Yaponiya bosh vazirining hukmron bloki saylovda g‘alaba qozondi
12:03 / 02.02.2026
Yaponiya okean tubida nodir yer elementlarini aniqladi
21:06 / 26.01.2026