Sport | 22:45 / 03.11.2018
9336
4 daqiqa o‘qiladi

APL. Motamdagi «Lester» safarda g‘alabaga erishdi va boshqa natijalar

Foto: Getty Images

Angliya Premer-Ligasi 11-turi doirasida yana 4 uchrashuv o‘tkazildi.

«Lester» Uelsda «Kardiff» mehmoni bo‘ldi. Klub xo‘jayini Vijayning fojiali o‘limidan keyingi ilk uchrashuvga lesterliklar odatdagi kabi samolyotda emas, marhum xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun avtobusda yo‘l olgandi.

Mehmonlar ushbu uchrashuvda Demaray Greyning 55-daqiqada urgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alabadan keyin Klod Pyuel jamoasi 16 ochko to‘plagan holda 10-o‘ringa ko‘tarilgan, kardiffliklar 5 ochko bilan 18-o‘rinda qolmoqda.

Bu turda «Nyukasl» o‘z maydonida «Uotford»ni 1:0 hisobida yengib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 6 ochko bilan 17-o‘ringa ko‘tarildi, «Uotford» 19 ochko bilan 8-o‘ringa sho‘ng‘idi. 

11-tur doirasidagi boshqa o‘yinlarda «Vest Hem Yunayted» «Byornli»ni yengdi (4:2), «Everton» o‘z uyida «Brayton end Houv Albion»dan ustun keldi (3:1).

Ayni vaqtda «Everton» 9-o‘rinda (18 ochko), «Vest Hem» 13-o‘rinda (11), «Brayton» 12-o‘rinda (14), «Byornli» 15-o‘rinda (8) joylashgan.

APL, 11-tur
3 noyabr
Kardiff – Lester 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 55 Grey.
Kardiff – Eteridj, Morrison, Bennett, Manga, Bamba, Arter (Uord, 79), Gunnarsson, Rid (Xoylett, 65), Kamarasa, Merfi (Medin, 85), Paterson.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr (Evans, 27), Mendi, Ndidi, Meddison (Iborra, 82), Olbrayton, Grey (Simpson, 70), Vardi.
Ogohlantirishlar: Rikardu Pereyra (33), Arter (45), Grey (55), Xoylett (81).

Everton – Brayton 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 26 Risharlison, 1:1 – 33 Dank, 2:1 – 50 Koulmen, 3:1 – 77 Risharlison.
Everton – Pikford, Kin, Din, Koulmen, Zuma, Bernard (Lukman, 68), Andre Gomesh, Uolkott (Kelvert-Lyuin, 85), Sigurdsson (Mina, 90), Risharlison, Guyye.
Brayton – Rayan, Daffi, Bong, Saltor, Dank, March (Bissuma, 70), Stivens, Djaxanbaxsh, Kayyal (Andone, 77), Iskerdo (Knokert, 63), Myurrey.
Ogohlantirishlar: Dank (10).

Nyukasl – Uotford 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 65 Peres.
Nyukasl – Dubravka, Lassels (Sher, 46), Dammett, Yyedlin, Fernandes, Ritchi, Shelvi (Ki Son Yen, 51), Diame, Kenedi, Muto (Peres, 45), Rondon.
Uotford – Foster, Mariappa, Xolebas, Femeniya, Ketkart, Pereyra, Xyuz (Okaka Chuka, 77), Saksess (Chaloba, 85), Kapu, Deulofeu (Grey, 66), Dukure.
Ogohlantirishlar: Kapu (38), Xyuz (64), Okaka Chuka (84), Xolebas (90), Sher (90), Grey (90).
 
Vest Hem – Byornli 4:2 (1:1, 3:1)
Gollar: 1:0 – 10 Arnautovich, 1:1 – 45 Gudmundsson, 2:1 – 68 Felipe Anderson, 2:2 – 77 Vud, 3:2 – 84 Felipe Anderson, 4:2 – 90 Ernandes.
Vest Hem – Fabianski, Balbuena, Diop, Kressuell, Rays, Snodgrass, Diangana (Antonio, 86), Felipe Anderson, Obiang (Ernandes, 61), Arnautovich (Ogbonna, 90), Sabaleta.
Byornli – Xart, Tarkovski, Teylor, Louton, Mi, Gudmundsson, Vestvud, Defur, Lennon (Breydi, 75), Vydra (Barns, 72), Vouks (Vud, 72).
Ogohlantirishlar: Felipe Anderson (34), Tarkovski (68), Louton (87), Barns (90), Breydi (90).

Mavzuga oid