Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oksana Chusovitina jahon chempionatida to‘rtinchi bo‘ldi
Foto: MOQ axborot xizmati
Qatar poytaxti Dohada sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina ham ishtirok etdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, jahon gimnastikasi afsonasi o‘zining sevimli yo‘nalishi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida 14,300 ochko jamg‘ardi va to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Oksananing qayd etishicha, musobaqada o‘z darajasida ishtirok eta olmagan, bunga og‘riq xalal berganini aytib o‘tdi. Ammo, 2019 yilda Shtutgart mezbonlik qiladigan jahon chempionatida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olishini ta'kidladi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati.
Ayollar. Tayanib sakrash:
1. Simona Beylz (AQSh) — 15,366
2. Shellon Olsen (Kanada) — 14,516
3. Aleksa Moreno (Meksika) — 14,508
4. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) — 14,300.
Mavzuga oid
10:34 / 13.03.2026
Oksana Chusovitina jahon kubogida finalga chiqdi
19:49 / 06.03.2026
Oksana Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi
17:57 / 08.03.2025
Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina – jahon kubogi g‘olibiga aylandi
20:50 / 10.06.2024