Jahon | 07:33 / 05.11.2018
9802
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Ar-Riyodni AQSh qurolidan uquvsiz foydalanishda aybladi 

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Axios nashriga bergan intervyusida Saudiya Arabistonini Yamanda AQSh qurolidan uquvsiz foydalanishda aybladi.

Tramp Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi avgust boshida Yamanda bolalarni olib ketayotgan avtobusga aviazarba berganini dahshatli voqea deb atagan.

“Yamanda bolalar avtobusi bilan yuz bergan voqea dahshatlidir. Bu meni tashvishlantiradimi? Bu men his qilayotganimni ifodalash uchun ozlik qiladi. Ular quroldan foydalanishni bilmaydigan odamlardir”, deb aytgan Tramp.

“Biz Yamandagi vaziyat ortidan kuzatmoqdamiz. Bu mamlakat hozir Yerdagi eng rasvo joydir. Men Saudiya Arabistoni bilan gaplashaman. Men quroldan foydalanishni bilmaydiganlar undan foydalanishini istamayman”, deb javob qilgan AQSh prezidenti “AQSh Saudiya Arabistoniga qurol sotishni to‘xtatishi mumkinmi?” degan savolga.

Arab koalitsiyasi 9 avgustda Yaman shimolidagi Dahyon tumanida avtobusga zarba bergan. O‘sha hujum oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan, ulardan aksariyatini bolalar tashkil qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid