09:00 / 06.11.2018
21017
Reklama

“VISTA”: Yangi davr – yangi imkoniyatlar!

Foto: VISTA

O‘zbekistonda yangi “VISTA” savdo belgisi ostida maishiy texnika ishlab chiqarilishi boshlandi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng ko‘p, 33 milliondan oshiq aholiga ega mamlakat bo‘lib, globallashuv va yangi texnologiyalarning jamiyat hayotiga keskin kirib kelishi natijasida aholi orasida sifatli, ishonchli va funksional maishiy texnikaga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. 

2018 yilda O‘zbekiston maishiy texnika bozoriga yangi ishtirokchi –  MChJ “VISTA Electronics Group” kompaniyasi kirib keldi. Kompaniya yuqori sifatli, keng funksionalli va zamonaviy texnika jihozlarini hamyonbop narxlarda O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar aholisiga takdim etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 

Hozirda “VISTA” korxonasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish evaziga jahon talablariga javob beruvchi, sifatli va hamyonbop televizorlarni ishlab chikarishga erishmokda.  

“VISTA” televizorlari to‘rt xil: 32, 40, 43, 49 dyuym o‘lchamli bo‘lib, barcha televizorda:

- Raqamli teleko‘rsatuvlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan yangi avlod – DVBT2/S2/C standartlarida ishlaydigan tyuner o‘rnatilgan.         Bu o‘z navbatida raqamli, sun'iy yo‘ldosh va kabelli televideniyelarini ko‘rish uchun qo‘shimcha qurilmalarni sotib olishdan ozod etadi. 

- Aksariyat modellarda ranglarni jonli qilib ko‘rsata oladigan, elektr quvvatini tejaydigan, yuqori sifatli LG IPS - LED ekranlaridan foydalanilgan. 

- Ovozni hajmli qilib chiqarib beruvchi Dolby Digital texnologiyasi o‘rnatilgan

- Istalgan teleko‘rsatuvlarni barcha turdagi USB qurilmaga yozib olish imkoniyatini beruvchi USB-Recording texnologiyasi mavjud. 

“VISTA” televizorlari respublikamizning barcha viloyatlarida joylashgan elektronika savdo markazlari va do‘konlarida sotilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, televizorlar narxlari 1 300 000 so‘mdan boshlanadi. 

Yaqin kelajakda kompaniya muzlatgichlar, mikroto‘lqinli pechlar, kir yuvish mashinalari, konditsionerlar va 32 dyuymdan 75 dyuymgacha bo‘lgan o‘lchamdagi, SMART texnologiyali televizorlar ishlab chiqarishni rejalashtirgan. 

“VISTA” barcha mahsulotlari uchun uch yil muddatli bepul servis xizmatini taklif etadi. Rasmiy xizmat ko‘rsatish markazlari O‘zbekistonning yirik 15 ta shaharlarida, shu jumladan Toshkentda ham faoliyatini boshlagan. 

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun “VISTA Electronics Group” ning yagona xizmat ko‘rsatish markaziga +99871 – 200-41-00 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin. 

“VISTA” – YaNGI UFQLARNI KAShF ETIB!

Reklama huquqi asosida

Top