Huawei O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish uchun ilg‘or yechimlarni taklif qilmoqda
Mazkur yilning 6-7 noyabr kunlari Huawei kompaniyasi O‘zbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan «E-commerceDay» konferensiyasida rasmiy hamkor sifatida ishtirok etdi. Ushbu konferensiya internet-savdo sohasida xizmat ko‘rsatadigan provayderlar, riteyl va elektron tijorat, shuningdek, IT va innovatsion ishlanmalar tayyorlaydigan kompaniyalar vakillari uchun O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish yo‘nalishlarini muhokama qiladigan maydonga aylandi. Rossiya, Belarus, Ukraina, Xitoy, AQSh va O‘zbekiston nomidan qatnashgan spikerlar elektron tijoratni yuksaltirish bo‘yicha o‘z tajribalari va hayotiy misollar bilan o‘rtoqlashdilar.
Huawei kompaniyasi mazkur tadbir doirasida O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratni rivojlantirishga doir qarashlari bilan bo‘lishdi, shu bilan birga, IP-televideniye bazasidagi televizion-tijoratning ishlash xususiyati va imkoniyatlarini namoyish qildi. Ushbu yechim yordamida mobil va qayd qilingan aloqa operatorlari uchun o‘z bozoringizni o‘stirish va barcha iste'molchilarga qulay bo‘lgan kommunikatsiya platformasini yaratish mumkin.
O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar departamenti direktori Davron Azizovning aytishicha,Huawei O‘zbekistonda elektron tijorat taraqqiyotini birinchi navbatda mamlakatdagi barcha aholi punktlarini yuqori tezlikdagi va hamyonbop internet bilan qoplashga imkon beradigan keng polosali aloqa tizimlarini yaratishda va uning asosida mobil internet qamrovini kengaytirish lozimligida ko‘radi.
«Aynan shu maqsadda kompaniyamiz mavjud tarmoqlar asosida foydalanuvchilar uchun ishonchli aloqani yaratish va bu orqali ularni mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotining faol a'zolariga aylantirish uchun innovatsion yechimlarni targ‘ib qilish maqsadida hozirda davlatimizning mutasaddi organ vakillari bilan mazkur mavzu yuzasidan birlamchi muhokamalar olib borilmoqda. Ana shunday yechimlardan biri sifatida Huawei Rural Star texnologiyasini misol qilib keltirish mumkin. Dizel generatorlar o‘rniga quyosh batareyalaridan samarali foydalanish, o‘rnatishga ketadigan xarajatlarning kamligi hamda tezda o‘ziga sarflangan mablag‘ni qoplashi ushbu yechimning ustun tomonlari hisoblanadi» - deb qayd etadi Davron Azizov.Shuni ta'kidlash joizki, joriy yilda Huawei kompaniyasi«Innovatsiya kuni» doirasida UMS bilan hamkorlikda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Rural Star texnologiyasini namoyish qilib, uni ishga tushirdi. Buning natijasida esa Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Sino aholi punkti mobil aloqa bilan ta'minlandi.
Hozirgi kunda keng polosali aloqa tizimi va mobil aloqa Markaziy Osiyo kesimida olib qaralganda juda cheklangan hududni qamrab olgan. Ushbu mintaqada keng polosali tarmoqning qamrovi atigi 34 foizni tashkil etadi xolos. Ilg‘or AKT infratuzilmasi — bu iqtisodiy o‘sish va intellektual dunyoni yaratish uchun kuchli rag‘batdir. Mazkur yilda chiqarilgan Huawei kompaniyasining global tarmoq ta'siri indeksida ko‘rsatilishicha, AKT sohasiga kiritiladigan investitsiyaning yigirma foizga o‘sishi yalpi ichki mahsulotni 1foizga, ish samaradorligini esa 20 foizga oshiradi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
00:06 / 03.11.2024
Time jurnali 2024 yilning eng ahamiyatli ixtirolari ro‘yxatini e’lon qildi
21:12 / 10.09.2024
Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
18:53 / 31.10.2023
Huawei kompaniyasi yangi WATCH GT 4 seriyasidagi aqlli soatlari sotuvga chiqdi
12:58 / 14.10.2023