Time jurnali 2024 yilning eng yaxşi 200 ta innovatsiyasi nomini e’lon qildi. Ixtirolar röyxati jurnal saytida e’lon qilingan bölib, ular orasidan maişiy elektronika, robototexnika, mobil gadjetlar, tibbiyotdagi ixtirolar ham bor. 

Xususan, röyxatning iste’molçilar elektronikasi bölimidan Huawei Mate XT — uç seksiyali konstruksiyaga ega dunyodagi birinçi seriyali smartfon ham örin olgan. Smartfonning oğirligi 238 grammni taşkil etadi, töliq oçilgan holatda gadjet korpusi qalinligi — 3,6 millimetr, yiğilgan holatda — 12,8 millimetr. Ikkita joyidan buklanadigan smartfonni ekrani 10,2, 7,9 hamda 6,4 dyuymli qurilma sifatida foydalansa böladi.

Huawei Mate XT
Foto: CNET

«Gözallik» bölimiga kipriklarni östiradigan Luum Precision Lash texnologiyasi ham kiritilgan. Mijozlar uçun xavfsiz deb atalayotgan mazkur texnologiya doirasida robot 1,5 soat içida kipriklarni östiradi (bu qölda qilinganidan tezroq).

Imkoniyati çeklangan şaxslar uçun möljallangan qurilmalar orasidan AirPods Pro 2 nauşniklari ham örin olgan bölib, ulardan quloq apparati sifatida ham foydalaniş mumkin.

AirPods Pro 2
Foto: CNET

Dasturiy ta’minot va ilovalar orasidagi yangiliklarda Ukraina davlat xizmatlari taqdim etgan «Diya» ham mavjud. Mazkur ilovaning «Onlayn-nikoh» xizmati orqali nikohdan ötiş mumkin — videoaloqa orqali FHDYo xodimi iştirok etadi, hujjatlar maxsus imzo orqali tasdiqlanadi.

«Uydagi salomatlik» bandiga kiritilgan yangiliklar orasida Amerika iste’mol mahsulotlari va tibbiyot vositalari sifatini nazorat qiliş boşqarmasi tomonidan tasdiqlangan grippga qarşi burunga sepiladigan vaksina ham bor. 

Boşqa ixtirolar qatoridan Arc'teryx and Skip MO/GO ekzoskeleti, E-Ink-ekranga ega Rakuten Kobo Libra Colour rangli kitobi, bezgakka qarşi R21/Matrix-M vaksinasi, Medical Microinstrumens Symani Surgical System robot-jarrohi va boşqa qator innovatsiyalar örin olgan.