Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
Mate XT ichki OLED ekrani o‘lchami 10,2 dyuymni tashkil etadi, bu esa buklanadigan smartfonlar ichidagi eng katta displey.

Foto: Huawei
Xitoyning Huawei kompaniyasi ikkita buklanish chizig‘iga ega va shunga mos ravishda uchta ekranli Mate XT smartfonini taqdim etdi.
Ochilgan holatda kamera blokini hisobga olmaganda uning qalinligi atigi 3,6 mm. Taqqoslash uchun, ikkita ekranli Honor Magic V3 eng yupqa buklanadigan smartfon qalinligi 9,2 mm. Buklangan paytda yangi mahsulotning qalinligi 11 mm.
Mate XT ichki OLED ekrani o‘lchami 10,2 dyuymni tashkil etadi, bu esa buklanadigan smartfonlar ichidagi eng katta displey. Qanday buklanganiga qarab, qurilmani 6,4 dyuymli yoki 7,9 dyuymli sifatida ishlatish mumkin. Gadjetning og‘irligi 238 g.
Olmos shaklidagi kamera bloki to‘rt elementdan iborat. Asosiy kamera 50 megapikselli va 10 bosqichli o‘zgaruvchan diafragma bilan optik stabilizatsiyaga ega. Bundan tashqari, 12 megapikselli ultra keng burchakli obektiv va 5,5x zumli telefoto linzalari mavjud. To‘rtinchi element - lazerli avtofokus. Tasvir sifatini yaxshilash uchun SI funksiyalari qo‘llab-quvvatlanadi. Old sensor 8 megapikselli.
Yangi mahsulotning 5600 mA·s sig‘imli akkumulyatori 66 vattlik tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Simsiz rejimda zaryadlash quvvati biroz kamroq - 50 Vt. Operativ xotira hajmi 16 GB.
Mate XT Xitoyda 20 sentabrdan uchta konfiguratsiyada sotuvga chiqariladi – 256, 512 va 1024 Gb xotira bilan. Eng arzon versiya 20 000 yuan (≈35,5 mln so‘m) turadi.
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Chjye In poraxo‘rlikda ayblandi
Jahon | 12:36
-
25 aprel kuni havo harorati 35 darajagacha isiydi
O‘zbekiston | 12:32
-
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Iqtisodiyot | 12:24
-
Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Jahon | 11:20
Mavzuga oid

10:48
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

16:49 / 20.04.2025
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi

20:48 / 16.04.2025