Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hong Kong 100 ming daraxtni almashtiradi
Dahshatli Mangkhut to‘foni Syangan oroli uzra o‘z hukmini o‘tkazganiga ikki oy bo‘lganiga qaramay, daraxtlar va ularning shox-shabbasi Hong Kong ko‘chalarida qalashib yotibdi. Mangkhut to‘foni shahar taraqqiyot rekordlarini o‘rnatishni boshlagandan beri kuzatilgan eng kuchli tabiiy ofat bo‘ldi. Albatta, ofat inson umriga zomin bo‘lmagan bo‘lsa-da, ayrim hisob-kitoblarga qaraganda, 1 mlrd dollar miqdorida iqtisodiy talofat yetkazgan.
Biroq eng katta talofat shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan nabotot olamiga yetgan. Hong Kong ma'muriyatiga ko‘ra, to‘fon vaqtida 54 ming daraxt butunlay yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Ammo, ekspertlarning fikricha, bu raqam ikki baravar ko‘pdir.
Hong Kong Ta'lim universiteti professori Jim Chi-yung fikricha, shaharda 100 mingdan ortiq daraxt tabiiy ofat oqibatida qulagan. Unga ko‘ra, «shahardagi yirik daraxtlarning yarmidan ko‘pi yo‘qotilgan». Axir, Hong Kong o‘zining changalzorlarini saqlab qolgan zamonaviy shaharligi bilan mashhur edi. Ma'lumki, Orolning atigi 25 foizi o‘zlashtirilgan, xolos.
Hong Kong ma'muriyati yiqilgan daraxtlarni sobiq Kai Tak aeroporti hududida to‘plamoqda. Bugungi kungacha 8000 yuk mashinasida daraxtlar keltirilgan. Ularning qayta ishlashga yaroqli qismi ajratib olinadi.
Endilikda, Hong Kong shahrini rivojlantirish byurosiga yiqilgan daraxtlar o‘rniga yangilarini ekish bo‘yicha vazifa yuklatildi. Qayd etilishicha, yangi ekiladigan daraxtlar navlari va turi hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Bu esa, turli joylarda turlicha daraxtlarni uchratish imkoni beradi.
Mavzuga oid
18:08 / 28.10.2025
Tojikistonda Ismoil Somoniy muzligining katta qismi uzildi
14:11 / 31.07.2025
Ashxobodning vayronaga aylanishidan Andijondagi fojiagacha – yaqin tarixdagi eng dahshatli zilzilalar
20:08 / 05.07.2025
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
20:33 / 12.06.2025