Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odil Ahmedov tarkibdan chetda qoldi. Kuper uni Avstraliyaga olib ketmaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 11-22 noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Bugun futbolchilar va murabbiylar shtabi Toshkent vaqti bilan soat 21:20da Toshkent-Seul-Brisben yo‘nalishi bo‘ylab Avstraliyaga yo‘l olishadi.
Ektor Kuper shu haftaning boshlarida milliy terma jamoaning Avstraliyaga yo‘l oladigan tarkibini e'lon qilgandi. Ammo bugungi kunga kelib uch nafar futbolchi jarohati tufayli Brisbendagi yig‘inda va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnasha olmasligi ma'lum bo‘ldi. Bular - terma jamoa sardori, yaqinda «Shanxay SIPG» tarkibida Xitoy chempioniga aylangan Odil Ahmedov hamda «Paxtakor» futbolchilari Farrux Sayfiyev va Jasur Yaxshiboyev.
Shuningdek, «Paxtakor»ning yana bir a'zosi, diskvalifikatsiya tufayli o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnasha olmaydigan Jaloliddin Masharipov tarkibga jalb etilgan. Ektor Kuper Masharipovni Avstraliyaga olib ketishga qaror qilgan.
«Masharipov rasmiy o‘yinlarda maydonga tusha oladi. Bosh murabbiyning iste'dodli yarim himoyachidan umidi katta bo‘lib, Jaloliddin Masharipov 2019 yil yanvarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogida jamoamizga yordam berishi uchun murabbiy shunday qarorga kelmoqda», deyiladi O‘FA matbuot xizmati xabarida.
Bugun Avstraliyaga quyidagi futbolchilar yo‘l olishadi:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»)
Eldorbek Suyunov («Paxtakor»)
O‘tkir Yusupov («Qo‘qon-1912")
Himoyachilar:
Anzur Ismoilov («Lokomotiv»)
Davron Hoshimov («Navbahor»)
Vladimir Kozak («Paxtakor»)
Yegor Krimets («Paxtakor»)
Akmal Shorahmedov («Paxtakor»)
Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»)
Doston Tursunov («Neftchi»)
Odil Hamrobekov («Nasaf»)
Oleg Zoteyev («Lokomotiv»)
Yarim himoyachilar:
Ikrom Aliboyev («Lokomotiv»)
Doston Hamdamov («Anji», Rossiya)
Aziz Turg‘unboyev («Navbahor»)
Husniddin G‘ofurov («Lokomotiv»)
Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya)
Otabek Shukurov («Sharja», BAA)
Javohir Sidiqov («Qo‘qon-1912»)
Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)
Hujumchi:
Marat Bikmayev («Lokomotiv»)
Mavzuga oid
11:56 / 20.12.2021
«Endi mening birinchi muxlisim yo‘q». Odil Ahmedov faoliyatini yakunlagani sababi va endi nima ish qilishini aytdi
23:05 / 18.12.2021
«Odil – Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov kabi o‘zbek futboli tarixidan joy oldi». Abdusalom Azizov Ahmedovga «oltin butsa» topshirdi
19:24 / 18.12.2021
«Paxtakor» 25-raqamli libosini Odil Ahmedovga abadiy topshirdi
19:01 / 18.12.2021