Jahon | 16:00 / 12.11.2018
40896
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng yaxshi shahar nomi ma'lum qilindi

Foto: Getty Images / Moussa81

Resonance xalqaro konsalting kompaniyasi hayot kechirish uchun eng munosib sharoitga ega shaharlar reytingini tuzib chiqdi. O‘zbekiston poytaxti Toshkent ro‘yxatdan joy olmagan.

Ekspertlar jahonning 100ta shahrini 23 ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil qilishdi, jumladan: uy-joy bilan ta'minlash, ishga joylashish imkoniyati, atrof-muhit holati, iqtisodiyot va madaniyat darajasi. Barcha mezonlarga ko‘ra, London 2019 yil uchun yashashga eng yaxshi shahar deb tan olindi.

Britaniya poytaxti jozibadorligi sayyohlar sonining yillik o‘sishi bilan tasdiqlanadi: 2017 yilda shaharga 19,8 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurdi, bu 2016 yilga nisbatan bir millionga ko‘p.

Parij ikkinchi bo‘ldi. Nyu-York va Tokio uchinchi hamda to‘rtinchi o‘rinlarni egalladi. Kataloniya poytaxti - Barselona kuchli beshlikka yakun yasab berdi. Moskva oltinchi o‘rinda.

Shuningdek, hayot uchun eng yaxshi sharoitga ega bo‘lgan top-10 shaharlar orasida quyidagilar bor: Chikago, Singapur, Dubay va San-Frantsisko.

Mavzuga oid