O‘zbekiston | 10:19 / 12.11.2018
98230
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda havo keskin sovib ketishi kutilmoqda 

Foto: KUN.UZ

12-15 noyabr kunlari Rossiyaning (Moskva oblasti) Yevropa hududi markaziy tumanlari uzra shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massasi G‘arbiy Qozog‘iston orqali O‘zbekiston hududiga kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

12-13 noyabr kunlari respublika hududi bo‘ylab ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). Shamol tezligi sekundiga 18-23 metrgacha, ba'zan 25-28 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.

13-15 noyabr kunlari havo harorati respublika hududida kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, shimolda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid