Kollej o‘quvchisi avtomashinani olib qochayotganida tosh uyumiga borib urildi
2018 yil 7 noyabrdan 8 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashovchi A.D.ning uyi oldida qarovsiz qoldirilgan “GAZ-67” rusumli yuk avtomashinasini haydab qochayotgan vaqtida, shu ko‘chadagi tosh uyumiga urilib, avtomashinani voqea joyida qoldirib o‘zi yashiringan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Burchmullo qo‘rg‘onida yashovchi Burchmullo o‘rmon xo‘jaligi kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi B.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024
Rossiyada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
18:27 / 09.09.2024