2018 yil 7 noyabrdan 8 noyabrgaça bölgan vaqt oraliğida noma'lum şaxs Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida yaşovçi A.D.ning uyi oldida qarovsiz qoldirilgan “GAZ-67” rusumli yuk avtomaşinasini haydab qoçayotgan vaqtida, şu köçadagi toş uyumiga urilib, avtomaşinani voqea joyida qoldirib özi yaşiringan.

Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Burçmullo qörğonida yaşovçi Burçmullo örmon xöjaligi kasb-hunar kolleji 3-bosqiç öquvçisi B.R. sodir etganligi aniqlanib, uşlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.