Jahon | 11:00 / 13.11.2018
7704
2 daqiqa o‘qiladi

Navalniyga Rossiyadan tashqariga chiqishga ruxsat berilmadi

Foto: Instagram

Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy o‘ziga Rossiya Federatsiyasini tark etish taqiqlangani haqida ma'lum qildi.

13 noyabr kuni tongida u Moskvadagi aeroportga kelgan. U Fransiyaning Strasburg shahriga Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qarorini eshitish uchun otlangandi.

«Chegarachilar menga Rossiyadan chiqish eshiklari yopiqligini aytishdi. Qandaydir xat bor ekan. Bunga izoh berilmadi», deya yozgan siyosatchi tvitterida.

15 noyabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Aleksey Navalniyning Rossiya hukumatiga nisbatan da'vosi yuzasidan qaror chiqarishi kutilmoqda. Siyosatchi o‘zining 2012 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan muddatda siyosiy tadbirlar chog‘ida 7 marta noqonuniy qo‘lga olingani yuzasidan shikoyat qilgan. Bundan avvalroq, 2017 yil fevralida sud ushbu holat yuzasidan Navalniyga 63,7 ming yevro miqdorida tovon puli to‘lanishi lozimligi bo‘yicha hukm chiqargandi, ammo RF Adliya vazirligi ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid