Sport | 10:14 / 14.11.2018
4032
1 daqiqa o‘qiladi

Angliya Premer-Ligasiga ayol kishi rahbarlik qiladi

Foto: Getty Images for Discovery, Inc

Animal Planet telekompaniyasi prezidenti Syuzanna Dinneyj Angliya Premer-Ligasining yangi rahbari bo‘ladi, deb xabar beradi APL sayti.

Dinneyj 2019 yil yanvardan boshlab, o‘z lavoziimda ishga kirishadi. U 1999 yildan beri ligani boshqargan Richard Skademor o‘rnini egallaydi.

Dinneyj televideniyeda 20 yildan buyon ishlamoqda. Endi u dunyoning eng kuchli ligalaridan birini boshqaradi.

«Bunday ajoyib rolni bajarish sharafiga muyassar bo‘lganimdan xursandman. Premer-Liga odamlar uchun katta ahamiyatga ega. Bu professional sportning cho‘qqisidir. Bunday kuchli tashkilotni boshqarish – katta sharaf», – dedi Dinneyj.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid