Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» rahbari Usmon Dembele bilan yuzaga kelgan vaziyatga izoh berdi
«Barselona» bosh direktori Pep Segura yarimhimoyachi Usmon Dembele bilan yuzaga kelgan ziddiyat va uni jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«Bizda Dembele bilan muammo yo‘q. Bu katta klubga o‘tib, ko‘plab mahoratli futbolchilarni uchratgan yosh va iqtidorli futbolchi uchun tabiiy hol. Avvalroq u bunday xolatga duch kelmagan edi, shuning uchun ham unga moslashib olish uchun vaqt kerak. U hali juda yosh, hozir uning jamoaga tezroq moslashib ketishi uchun barcha choralarni ko‘ryapmiz.
Ayni paytda Dembele bo‘yicha hech qanday taklif olmadik va biz jamoada o‘zgarish sodir qilmoqchi emasmiz», — deb Segura so‘zlarini keltirmoqda ESPN.
Avvalroq, Dembelening intizomsizligi, xususan, mashg‘ulotlarga kech qolishi tufayli, «Barselona» uni transferga qo‘yishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mavzuga oid
02:10 / 15.04.2026
«Barselona» kambek qilolmadi
09:55 / 12.04.2026
Yamalda – yubiley, «Bavariya»da – rekord, Shomurodovda – dubl. Kun o‘yinlari
12:01 / 09.04.2026
YeChL. «Barsa» va «Liverpul» birinchi o‘yinlarida yutqazdi
11:58 / 05.04.2026