Sport | 15:08 / 16.11.2018
7307
1 daqiqa o‘qiladi

Ramos Ispaniya terma jamoasi o‘yinida jarohat oldi

«Real» himoyachisi Serxio Ramos Millatlar Ligasidan o‘rin olgan Xorvatiyaga (2:3) qarshi o‘yinda jarohat oldi.

Futbolchi bahsdan so‘ng, oyog‘ida qattiq og‘riq sezgan va terma jamoa qarorgohini tark etib, «Real» klubiga qaytgan.

Endi Ramos Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib yuboradi. 

Hozircha uning jarohati qanchalik jiddiy ekani ma'lum emas. Shunday bo‘lsa-da, terma jamoa shifokorlari Ramosning sog‘lig‘i bilan tavakkal qilishni istamaganlar va unga javob berib yuborishgan.

Mavzuga oid