Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy kon-metallurgiya kombinatidan 256 mln so‘mlik kabellarni o‘g‘irlab ketishdi
Shu yil 28 oktabrga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Navoiy viloyatining Tomdi tumanida joylashgan “Bessapan” sanoat ishlab chiqarish maydonida joylashgan Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli markaziy kon boshqarmasining “Muruntog‘” shaxtasi tashkiloti hududidagi binoga kirish darvozasini buzib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u yerdan “TP” blogi va umumiy qiymati 256 850 924 so‘mlik tarkibida mis bo‘lgan kuchlanish kabellarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni yuqoridagi kombinatning 6 nafar ishchilari sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
11:55 / 03.01.2026