Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Turizm bo‘yicha birinchi xalqaro investitsion forum boshlandi
Toshkent shahrida Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsion forum boshlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

I Xalqaro turizm sohasidagi investitsion forum tashkilotchilari - Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi.

Forum dasturidan matbuot anjumanlari, «Chorvoq», Samarkand city, «Qadimiy Buxoro», Surxondaryo viloyatidagi kichik sayyohlik hududlari tashkil etish bo‘yicha loyihalar taqdimotini o‘tkazish, shuningdek, mamlakat viloyatlariga safarlarni tashkillashtirish o‘rin olgan. Bu forum ishtirokchilarining investitsiyalarni jalb qilish salohiyatiga ega, taqdim etilgan loyihalar bilan tanishishi uchun kerak.

Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsion forum yakunlari bo‘yicha investorlar va turistik soha vakillari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar hamda memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:10
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026