Toşkentning Mirzo Uluğbek tumanidagi 275-maktabda öqituvçi 9-sinf öquvçisini kaltakladi. 19 may kungi voqea videosi internetda tarqalmoqda.

Poytaxt IIBB xabariga köra, 2010 yilda tuğilgan R.R. va şu maktab öqituvçisi 2002 yilda tuğilgan Z.O. tortişib qolib, özaro janjallaşib ketgan.

“Öquvçi dars jarayonida öqituvçi tomonidan berilgan körsatmani bajarmasdan, dars maşğulotlari ötkazilişiga xalaqit bergan. Janjal vaqtida öqituvçi öquvçiga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvçi tibbiy yordam uçun şifoxonaga murojaat qilgan”, – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan öqituvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (“Qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş”) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov boşlangan.