Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokorlar haddan ko‘p suv ichish xavfli ekanidan ogohlantirishdi
Shifokorlar haddan ko‘p miqdorda suv ichish sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirishdi. Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi.
Nashrda yozilishicha, buyraklar soatiga taxminan 800-1000 millilitr suvni qayta ishlashi mumkin. Agar bu miqdor ko‘payib ketsa, unda organizmda natriy balansi buziladi.
Suvdan “sarxush bo‘lish” qon bosimini tartibga solishni qiyinlashtiradi, bu esa miya funksiyalari buzilishi, koma va hattoki o‘limga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, shifokorlar haddan ziyod gidratatsiya (suvga to‘yinish) suvsizlanish kabi xavfli bo‘lishi mumkinligini, buyraklarida muammolar borlar esa ayniqsa bunda zaif ekanliklarini ta'kidlab o‘tishdi.
Tavsiya qilinishicha, katta yoshli inson kuniga 3-4 litrdan ko‘p suv ichmasligi kerak.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026