O‘zbekiston | 14:56 / 22.11.2018
20527
1 daqiqa o‘qiladi

Keles daryosi orqali O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Qozog‘iston ChX matbuot xizmati

Qozog‘istonda Keles daryosini o‘zbek tomonidan suzib o‘tib, Qozog‘istonga o‘tishga harakat qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ChX matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa 20 noyabr, seshanba kuni sodir bo‘lgan.

Qozog‘istonning Sariog‘och otryadi chegarachilari mamlakat hududiga noqonuniy kirib borishga uringan huquqbuzarni qo‘lga olishdi.

Ta'kidlanishicha, erkakning yonida shaxsini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlar bo‘lmagan.

Chegarabuzarning so‘zlariga ko‘ra, u Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, 1990 yilda tug‘ilgan.

Tegishli huquqni muhofaza qilish organlari xabar etildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi mahkama xabarida.

Mavzuga oid