Mirjalol Qosimov O‘zbekistonda VAR tizimini tatbiq etilishiga munosabat bildirdi
«Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliga 31-turidan o‘rin olgan «Metallurg»ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Qayd etilgan natijadan xursandman. O‘yindan ham qoniqish xosil qildim deya olaman. Qolaversa, sovuq bo‘lsa ham bugun o‘yinni ko‘rish uchun kelgan barcha ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman. Shogirdlarimdan mamnunman, ular bilan faxrlanaman. Qor yog‘gan bo‘lsa-da ular ishqibozlarga manzur bo‘ladigan o‘yin ko‘rsatishga urinishdi.
Balkim yaqin kelajakda O‘zbekistonda ham VAR tizimini tatbiq etilishi mumkin ekan. Bu yaxshi yangilik bo‘lar edi, deb o‘ylayman. Yaxshi yangilik va o‘zgarishlardan qo‘rqmaslik kerak. Ba'zan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni VAR orqali bartaraf etish mumkin. Agar bu narsa bizda ham tatbiq etilsa, bunga juda ijobiy munosabatda bo‘laman», - dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, «Bunyodkor» mavsumni 4-o‘rinda yakunladi.
Mavzuga oid
12:13 / 17.06.2024
Superliga. Alijonov qaytgan markaziy o‘yinda kuchlar teng keldi - fotojamlanma
14:08 / 13.05.2024
«Yosh o‘yinchilar mashg‘ulotga ham qatnay olmayapti». Samarqandga futbol kerak emasmi?
18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi
18:59 / 29.01.2024