Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada 150dan ortiq delfin o‘zini qirg‘oqqa otdi
Yangi Zelandiyaning Styuart oroli qirg‘og‘iga o‘tgan dam olish kunlari kamida 145ta grind delfini o‘zini otdi. Bu haqda Radio New Zealand atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining oroldagi ishlab chiqarish bo‘yicha menejyeri Ren Leppens bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Radiostansiya ma'lumotiga ko‘ra, shanba kuni kechqurun orolning g‘arbiy qismidagi Meyson ko‘rfazi janubiy qismidagi qirg‘oqqa ikkita delfinlar to‘dasi o‘zini chiqarib tashlagan. Ular topilgan vaqtga kelib, delfinlar yarmi halok bo‘lgan. Delfinlarning qolganlarini maxsus vosita yordamida o‘ldirishga majbur bo‘lishdi.
«Afsuski, qolgan delfinlarni yana suvga tushirish ehtimoli juda kam edi. Shunga qaramay, bunday qarorni qabul qilish har doim qiyin bo‘lgan», - deya ma'lum qildi Leppens.
Yangi Zelandiya ko‘pincha kitlar va delfinlar o‘zini qirg‘oqqa otadigan joyga aylangan. Hozirgacha olimlar hayvonlarning bunday ommaviy o‘z joniga qasd qilishiga sabab nima ekani borasida aniq javob topa olishmadi. Odatda, agar bitta delfin o‘zini qirg‘oqqa otsa, to‘dadagi boshqalar unga yordam berishga harakat qilishadi va oxir-oqibat ular ham halok bo‘ladilar.
Mavzuga oid
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025
Yangi Zelandiya aholisi bir kechada «695 milliardga» yetdi
20:17 / 11.08.2025