Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» muddatidan avval O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
Superligada 31-turdan o‘rin olgan yana bir o‘yin yakunlandi.
«Lokomotiv» o‘z maydonida «Paxtakor» bilan bellashdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar hujumchisi Marat Bikmayev o‘yinda dubl sohibi bo‘ldi.
Bu natijadan so‘ng, «Lokomotiv» 43 ochko jamg‘arib, musobaqa yakunlanishiga 1 tur qolganida chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. «Paxtakor» esa kumush medallar bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
«Lokomotiv» o‘z tarixida 3-marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
Superliga, 31-tur
26 noyabr, Toshkent, «Lokomotiv» stadioni
«Lokomotiv» - «Paxtakor» 3:2
Gollar: Igor Yyelich 19, Marat Bikmayev (38 pen, 70) - Dragan Cheran (51), Tiago Bezerra (86)


