Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston O‘zbekistonga qancha elektr energiyasi eksport qilgani aytildi
Foto: KUN.UZ
Joriy yilning aprel-sentabr oylarida Tojikiston O‘zbekistonga qariyb 1,5 milliard kVt/s. elektr energiyasi eksport qildi. «Barki tochik» korxonasi raisining birinchi o‘rinbosari Mahmadumar Asozoda xabariga ko‘ra, ushbu davrda O‘zbekistonga 1 mlrd 480 mln kVt/s. tojik elektr energiyasi har bir kilovatt uchun 2 AQSh senti narxida eksport qilingan, deya xabar beradi Avesta.
«Barki tochik» vakilining so‘zlariga ko‘ra, joriy yil sentabr oyidan boshlab qo‘shni O‘zbekistonga elektr energiyasi eksporti ichki ehtiyojlarni qondirish maqsadida to‘xtatildi.
«Tojikistondagi monitoring va erta ogohlantirish» hisobotida ta'kidlanishicha, shu yilning sentabr oyida o‘zbek iste'molchilari qariyb 182 mln kVt/s tojik elektr energiyasini olishdi. Bu raqam shu yilning avgust oyi hajmi bilan taqqoslaganda 200 mln kVt/s.ga kamroq.
O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni bosqichma-bosqich qisqartirish iyul oyidagi eng yuqori hajmdan (417 mln kVt/s) keyin ro‘y berdi.
Bundan oldin O‘zbekiston joriy yilning aprelidan boshlab har oyda 110-120 mln kilovatt-soat tojik elektr energiyasini olgan.
Tojikiston ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga binoan, joriy yil davomida O‘zbekistonga kamida 1,5 mlrd kVt/s. elektr energiyasi yetkazib berishi kerak edi. Har bir kilovatt narxi 2 AQSh sentiga teng bo‘lishi lozim.
Sentyabr oyida Afg‘onistonga ham elektr energiyasi eksporti hajmi kamaydi - avvalgi oylardagi 200 million kVt/s.dan sentabr oyidagi 158 mln kVt/s.gacha.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026