Fan-texnika | 14:19 / 27.11.2018
15948
6 daqiqa o‘qiladi

Mastercard endi O‘zbekistonda

Kundan kunga mamlakatimizda bank sohasida mijozlarga yuqori malakali xizmat ko‘rsatish, xalqaro to‘lov tizimlari orqali ekvayring imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha yangi imkoniyatlar va izchil harakatlar olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda 200 mingdan ortiq to‘lov terminallari (POS-terminallar) qayd etilgan bo‘lib, barchasi Uzcard kartalariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirda "Asaka" bankining POS-terminallari orqali Mastercard xalqaro to‘lov tizimiga tegishli kartalarni qabul qilish uchun texnik va yuridik imkoniyatlar amalga oshirilgan.

Uzcard tizimida Mastercard kartalari ishtirokida “Asaka” bankiga tegishli bo‘lgan POS-terminal orqali amalga oshirilgan ilk to‘lov amaliyoti esa qisqa davr ichida mamlakatimizda ushbu xalqaro to‘lov tizimiga tegishli plastik kartalariga xizmat qiluvchi to‘lov nuqtalar soni oshib borishidan dalolat beradi. Ta'kidlash joizki, avvalroq, Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan texnik imkoniyatlarning yaratilganligi loyiha rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi.

Jumladan, Mastercard xalqaro to‘lov tizimiga tegishli kartalar ishtirokida ekvayringni tashkillashtirish loyihasini amalga oshirish davomida Yagona umumrespublika protsessing markazi mutaxassislari tomonidan bosqichma-bosqich ishlar va bir qator asosiy vazifalar bajarildi. Ushbu loyihani 2016 yilda amalga oshirish boshlangan bo‘lib, bugungi kunga kelib bizning hududga Mastercard xalqaro to‘lov tizimini joriy etish bo‘yicha quyidagi texnik jarayonlar bajarilib kelindi:

• Mastercard kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatini yaratish uchun Mastercard xalqaro to‘lov tizimida (ICA) bank tomonidan xalqaro identifikatsion raqam qabul qilish;

• Mastercard to‘lov tizimida bankning litsenziyalanishi uchun loyihaning Bosh rejasini ishlab chiqish;

• Aloqasiz interfeys orqali Mastercard kartasini qabul qiluvchi to‘lov qurilmalarining sertifikatsiyasi;

• Xalqaro to‘lov tizimlari standartlari doirasida POS va ATM-qurilmalari uchun “Asaka” bank tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan sertifikatsion testlar (NIV-offline, NIV-online);

• Xalqaro to‘lov tizimlari standartlari doirasida POS va ATM-qurilmalar uchun “Asaka” bank tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan sertifikatsion testlar (M-TIP);

• Mastercard xalqaro kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun banklarning POS va ATM- to‘lov qurilmalarining dasturiy ta'minotini yangilash.

Mastercard xalqaro to‘lov tizimi, “Asaka” banki va YaUPM vakillari o‘rtasida olib borilgan uchrashuv davomida Mastercard xalqaro to‘lov tizimi plastik kartasini qabul qiluvchi to‘lov terminallarining mavjud infrastrukturasini qamrab olinish jarayoni, yaratilayotgan texnik platformaga tegishli bir qator asosiy masalalar muhokama etildi. Loyiha ishtirokchilaridan biri “Asaka” banki va Mastercard xalqaro to‘lov tizimi o‘rtasida O‘zbekistonda ekvayringni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi loyihani samarali bajarilishi maqsad qilib belgilangan tegishli shartnoma imzolandi. Endilikda “Asaka” banki Mastercard xalqaro to‘lov tizimining asosiy a'zosi hisoblanadi. Yagona umurespublika protsessing markazi ushbu loyihada hamkorlarga xizmat ko‘rsatishda protsessing operatori va provayderi vazifasini bajarib, tranzaksiya va operatsiyalarni qayta ishlash xizmatlarini ko‘rsatadi. 

Hozirda Uzcard POS-terminal va bankomatlari Mastercard kartalarini qabul qilmoqda, bu esa o‘z navbatida bizning hudud uchun katta ahamiyatga ega. Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida savdo-xizmat tashkilotlari vakillari Uzcard POS-terminallariga “Xalqaro to‘lov tizimi” dasturiy ta'minotini o‘rnatish maqsadida ularga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat etishlari o‘rinli. Shuningdek, savdo-xizmat tashkilotlari vakillari o‘z mijozlarini savdo nuqtalarining e'tiborni jalb qiluvchi joy va POS-terminallar yonida Mastercard logotiplarini joylashtirgan holda Mastercard xalqaro to‘lov tizimi kartalari qabul qilinishi to‘g‘risida xabardor etishlari darkor. Shuningdek, savdo-xizmat tashkilotlari egalari hisobchilar o‘rtasida Mastercard karta egalariga mustaqil ravishda karta PIN-raqamini terish imkonini yaratilishi darkorligiga tegishli targ‘ibot ishlarini olib borishlari maqsadga muvofiqdir.

Mastercard karta egalari bankomat orqali chet el pul birligini avtomatik ravishda mahalliy pul birligiga o‘tkazishlari mumkinligini aytib o‘tish o‘rinli. Kurs birligi Mastercard to‘lov tizimi tomonidan o‘rnatilgan kurs orqali belgilanadi.

O‘zbekiston hududida xalqaro to‘lov kartalari ishtirokida to‘lovlar va opertsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan ushbu loyiha, mamlakat byudjyetiga qo‘shimcha foyda olib kelishidan tashqari, chet ellik mehmonlar uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitni ta'minlaydi. Mastercard to‘lov tizimi o‘rtasidagi ushbu hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlarida belgilangan qator vazifalar bajarilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid