Samarqand, Özbekiston — “Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi” AJ (UZCARD savdo belgisi) va tölovlar sohasidagi global texnologik kompaniya Mastercard Özbekistonda tölov infratuzilmasi va raqamli moliyaviy xizmatlarni yanada rivojlantirişga qaratilgan özaro anglaşuv memorandumi (MoU) imzolanganini e’lon qildi.

Memorandumning imzolanişi Samarqand şahrida, moliya sektori va texnologiya industriyasi yetakçilarini birlaştirgan xalqaro tadbir — Osiyo taraqqiyot banki (Asian Development Bank, ADB) Boşqaruvçilar kengaşining 59 yillik yiğilişi doirasida bölib ötdi.

Hujjat tomonlarning bir qator ustuvor yönalişlar böyiça hamkorlikni rivojlantiriş niyatlarini mustahkamlaydi. Ular qatoriga tölovlarni qabul qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, transçegaraviy operatsiyalarni rivojlantiriş, fintech sohasida qöşma taşabbuslarni yölga qöyiş, şuningdek, raqamli tölovlarning qulayligi va xavfsizligini oşirişga qaratilgan zamonaviy texnologik yeçimlarni joriy etiş kiradi.

Hamkorlik doirasida kiberxavfsizlik va firibgarlikning oldini oliş masalalariga, şuningdek, aholi va biznes sub’yektlari örtasida xavfsiz hamda qulay naqd pulsiz tölovlardan foydalanişni kengaytirişga alohida e’tibor qaratiladi.

«Özbekiston raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişda yuqori sur’atlarni namoyon etmoqda va bunda zamonaviy tölov infratuzilmasi muhim rol öynaydi», — dedi Mastercard’ning Şarqiy Yevropa böyiça mintaqaviy prezidenti Yasemin Bedir. «UZCARD’ning mahalliy bozordagi ekspertizasi va qamrovini Mastercard’ning global tarmoği, texnologiyalari hamda xavfsizlik yeçimlari bilan birlaştirgan holda, biz foydalanuvçilar va biznes uçun raqamli iqtisodiyotga kiriş imkoniyatlarini kengaytirişga, yanada xavfsiz tranzaksiyalarni ta’minlaşga, işonçni mustahkamlaşga va innovatsiyalar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga intilamiz».

Tomonlar, şuningdek, foydalanuvçilar va biznes ehtiyojlariga javob beradigan zamonaviy va barqaror tölov ekotizimini şakllantirişga qaratilgan qöşma loyiha va dasturlarni amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.

«Mastercard bilan memorandum imzolanişi Özbekiston tölov tizimini rivojlantiriş yölida muhim qadamdir», — ta’kidladi