Sport | 07:42 / 27.11.2018
5145
2 daqiqa o‘qiladi

Muxlislar “Formula-1”ning eng yomon poygachisini “yil poygachisi” deb topishdi

Foto: Getty Images

“Formula-1” poygalarida ishtirok etuvchi “Uilyams” jamoasining rossiyalik a'zosi Sergey Sirotkin mavsumda bor-yo‘g‘i 1 ochko olganiga qaramay, muxlislar talqiniga ko‘ra “yil poygachisi” bo‘ldi.

Sky Sports sayti 2018 yilning eng yaxshi poygachisi uchun ovoz berishni yo‘lga qo‘ygandi. Saytda ko‘pchilik aynan Sirotkin uchun ovoz bergan. Unga 79,1 ming ovoz, uning ortidan kelayotgan, mavsum chempioni Lyuis Hemiltonga esa 43,5 ming ovoz berilgan.

Aniqlanishicha, muxlislar mavsum yakunlanmay turib mukofot uchun ovoz berish boshlanganidan achchiqlanib, uni kulgiga qo‘yish maqsadida  “eng yomon poygachi”ga ovoz berishga qaror qilishgan. 

Joriy mavsum chempioni Lyuis Hemilton 11 ta g‘alabaga erishib va umumiy hisobda 408 ochko to‘plab, 5 karra jahon chempioniga aylandi.

Poygalarga boshqa bir rossiyalik Daniil Kvyat o‘rniga kelgan Sirotkin “Formula-1”ni tark etadigan bo‘ldi.

Mavzuga oid