Sport | 10:20 / 27.11.2018
10559
2 daqiqa o‘qiladi

Sportchilarimiz Taekvondo ITF bo‘yicha birinchi!

Joriy yilning 17-18 noyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Taekvondo ITF bo‘yicha Grand Prix Almaty ochiq kubogi bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda uch davlat – Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan sportchilar ishtirok etdilar.

Husniddin Qurbonov hamda Konstantin Klimov boshchiligidagi jami 103 nafar taekvondochilar O‘zbekiston sharafini himoya qildilar va umumjamoa hisobida yurtdoshlarimiz sportchilar soni bo‘yicha ham, qo‘lga kiritilgan oltin medallar soni bo‘yicha ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Qozog‘istonlik sportchilar ikkinchi, Qirg‘iziston vakillari uchinchi o‘rinni egalladilar.

O‘zbekiston jamoalari orasidan Doniyor Salomov boshchiligidagi «EDEN SPORT» jamoasining yutuqlari alohida e'tirofga sazovor. Bu jamoaning 17 nafar sportchilari maxsus texnika, tul va sparring bo‘yicha ishtirok etdilar va quyidagi medallarni qo‘lga kiritdilar:

1. 6 ta oltin;

2. 6 ta kumush;

3. 8 ta bronza.

Bu albatta sportchilar va murabbiylarning ko‘p yillik mehnat va izlanishlari yaxshi samara berganini anglatadi. Zero bu jamoaning har bir a'zosi 1-2 tadan medallarni qo‘lga kiritgan holda Vatanga qaytdilar.

Biz O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘targan sportchilarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz va va ulardan jahon miqyosidagi yangi yutuqlarni kutib qolamiz!

Mavzuga oid