Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Afinada o‘yin vaqtida tartibsizliklar yuzaga keldi
Gretsiyaning AYeK klubi Yevropa Chempionlar ligasini muddatidan avval tark etdi: jamoa 5 turda 5 marta mag‘lub bo‘ldi, to‘plar nisbati - 2:12.
Jamoa muxlislari «Ayaks»ga qarshi o‘yingacha ham g‘azabga minishgandi. Afinada bir kun oldinroq taranglik yuzaga kelib bo‘lgandi.
Mehmonlar jamoasi ultrasiga Polshaning «Krakoviya» klubi muxlislari hamda AYeK klubining ashaddiy raqibi bo‘lmish «Panatinaikos» klubi fanatlari ham qo‘shilgan, shaharning bir necha nuqtalarida ommaviy mushtlashuvlar sodir bo‘lib o‘tgandi. Bu tartibsizliklarni bartaraf etish uchun politsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan.
O‘yin vaqtida esa ikki tomon bir-biriga qarata fayyerlar va yonuvchi butilkalar uloqtira boshladi.
Nothing to see here, just an AEK fan lobbing a firework into the Ajax end. pic.twitter.com/d7OQs8synp
— Coral (@Coral) 27 noyabrya 2018 g.





Shundan so‘ng mushtlashuvlar boshlandi. «Ayaks» va «Panatinaikos» fanatlari mezbonlar sektoriga bostirib kirmoqchi bo‘lishdi, ularni politsiya qarshi oldi.


To‘qnashuvlar vaqtida bir necha muxlis shikastlandi.



«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt fanatlarni tinchlanishga chaqirdi.

Bu o‘yinda «Ayaks» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va Chempionlar ligasida 13 yil ichida ilk marta pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Mavzuga oid
08:36 / 13.08.2024
Afina yaqinida o‘rmon yong‘inlari: yuzlab fuqarolar evakuatsiya qilindi
18:20 / 24.04.2024
Foto: Afina osmoni to‘q sariq tusga kirdi
09:18 / 06.03.2023
Afina: temiryo‘l halokatidan noroziliklar to‘qnashuvlarga aylanib ketdi
14:05 / 05.05.2021