Afina şimoli-şarqida Gretsiyadagi ğayritabiiy issiqlik va qurğoqçilik tufayli katta örmon yonğiniga qarşi kuraş davom etmoqda. Yonğin 11 avgust kuni tuşdan keyin Gretsiya poytaxtidan 35 kilometr uzoqlikda boşlangan, biroq kuçli şamol tufayli tezda nazoratdan çiqib ketgan va bir sutka içida Afinaning şimoliy çekkalariga yetib kelgan. 

«Bu öta xavfli yonğin bölib, biz 20 soatdan ortiq dramatik şaroitda unga qarşi kuraşyapmiz. Tongda yonğin asosan ikkita alohida jabhada kuzatildi, ba’zi öçoqlar Afina şimoli-şarqidagi boriş qiyin bölgan joylardadir», - deya 12 avgust, duşanba kuni Gretsiyaning iqlim inqirozi va fuqarolik muhofazasi vaziri Vasilis Kikilias sözlaridan iqtibos keltirgan AP. 

Agentlik ma’lumotlariga köra, yonğinni öçirişda öt öçiruvçilar va şifokorlardan taşqari 100 ga yaqin harbiy xizmatçilar iştirok etmoqda. Öndan ortiq tumanlar, jumladan, tarixiy Marafon şahri va Afinaning bir qança çekka hududlarida evakuatsiya töğrisida buyruq çiqarildi. Yonğin sodir bölgan hududdan yuzlab fuqarolar evakuatsiya qilingan. Afinaning uçta kasalxonasi jabrlanganlarni davolaş uçun şay holatga keltirildi. Gretsiya ommaviy axborot vositalari bir neça tinç aholi vakilining tutundan zaharlangani tufayli kasalxonaga yotqizilgani va ikki öt öçiruvçi yengil jarohat olganini xabar qildi. 

Gretsiyada yonğin tez tarqalişi xavfi haqida ogohlantiriş berilgan

Meteorologlar dam oliş kunlari qurğoqçilik va Egey dengizi hududidagi kuçli şamollar bir neça daqiqa içida kiçik yonğinni katta yonğinga aylantirişi mumkinligi haqida bir neça bor ogohlantirgan, deb yozadi AFP. Biroq yirik yonğin sabablari noma’lumligiça qolmoqda. 

Mamlakat fuqaro mudofaasi xizmati vakillarining sözlariga köra, yaqin kunlarda vaziyat öta xavfli bölib qoladi. Gretsiyaning aksariyat hududlarida bir neça oy davomida yomğir yoğmayapti, 12 avgust kuni Gretsiyada havo harorati Tselsiy böyiça 39 darajaga yetişi kutilmoqda. Mamlakat ğarbida eng yuqori harorat kutilmoqda. Bunday ob-havo şaroiti 15 avgustga qadar örmon yonğinlari uçun qulay bölişi mumkin. Kuçli şamol va haddan taşqari qurğoqçilik tufayli «Gretsiyaning yarmi qizil zonada».

Tarixdagi eng issiq qişdan söng, Gretsiya 1960 yildan beri eng issiq iyun va iyul oylarini boşdan keçirdi va bu örmon yonğinlariga turtki berdi.