Fotograf o‘z suratlarida odamlar va davlatlar o‘rtasidagi ulkan tafovutni ko‘rsatmoqda
“Haqiqiy hamdardlik tasavvuringda aziyat chekayotgan odam o‘rniga o‘zingni qo‘yib, haqiqatan ham aziyat chekkaningda boshlanadi”, deb aytgan rus yozuvchisi Lev Tolstoy. Turkiyalik fotograf Ugur Gallenning ijodi aynan shunga yetaklaydi. Uning ishlari dunyoda odamlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan katta tafovutni ko‘rsatadi.
Ugur o‘z suratlari bilan Instagram’da bo‘lishadi. Fotografning aytishicha, u urush odamlarni majruh qilayotganini ko‘rib, insoniyat Mustafo Kamol Otaturkning “Uyingda tinchlik va butun dunyoda tinchlik bo‘lsin” degan o‘giti bo‘yicha yashashini istaydi.
“Taqdirning taqozosi, mening davlatim dunyoning eng qaynoq nuqtalariga bevosita yaqin joylashgan. Men biz ko‘nikkan tinch hayot bilan urush ketayotgan joyda yashovchi odamlar hayoti orasidagi ulkan tafovutni ko‘raman. Men ikki turli olamlar orasidagi bu aqlbovar jarlikni o‘z ishlarimda aks ettirishga qaror qildim”, deydi fotograf.
Quyida fotografning ba'zi ishlari bilan tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid
21:13 / 12.09.2024
Cherchillning Kanadada o‘g‘irlab ketilgan surati Italiyadan topildi
00:32 / 04.12.2022
Turkiyaning birinchi uchuvchisiz qiruvchi samolyoti sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
00:54 / 03.12.2022
Turkiyalik sharhlovchi JCh-2022 o‘yini tanaffusida efirdan chetlatildi
11:10 / 28.11.2022