Cherchillning Kanadada o‘g‘irlab ketilgan surati Italiyadan topildi
Surat 1941 yilda Yusuf Karsh tomonidan Cherchillning Kanada parlamentida qilgan chiqishidan keyin olingan. Unda suratkash Britaniya bosh vazirining og‘zidan sigarasini tortib olganidan keyingi holati tasvirlangan.

Foto: Yousef Karsh
Italiyada Uinston Cherchillning Ottavadagi mehmonxonada yo‘qolgan mashhur suratining original varianti topildi, deb xabar beradi BBC.
Surat 1941 yilda Yusuf Karsh tomonidan Cherchillning harbiy holat vaqtida Kanada parlamentida qilgan chiqishidan keyin olingan. 11 sentabr kuni Ottava politsiyasi portret uning o‘g‘irlanganidan bexabar Genuyadagi kolleksionerdan topilgan.
Rasmiylar, shuningdek, Ontarioda o‘g‘irlik va noqonuniy savdoda gumonlangan erkak hibsga olinganini e’lon qildi. Ismi sir tutilayotgan 43 yoshli erkakka nisbatan Kanadada bir nechta, xususan, hujjatlarni qalbakilashtirish, o‘g‘irlik, odam savdosi va o‘zgalar mulkiga zarar yetkazish bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, u 25 aprelda hibsga olingan va ertasi kuni Ottava sudiga yo‘naltirilgan.
Buyuk Britaniyaning harbiy holat vaqtidagi bosh vaziri Uinston Cherchillning ushbu suratini tushirishdan oldin Karsh amaldorning og‘zidan sigarasini tortib olgan. «Men unga kuldonni uzatdim, lekin u sigarasini tashlamadi… Men kutdim, u esa chekishni davom ettirdi. Shundan keyin oldinga harakatlanib, o‘ylab o‘tirmasdan, biroq hurmat saqlagan holda «Kechirasiz, janob», deb og‘zidan sigarasini olib qo‘ydim», — deya eslaydi Karsh.
Karsh kamerasi oldiga qaytib kelganida Cherchill shu qadar «vajohatli ko‘ringanki, suratkashni yutib yuborishga tayyor bo‘lgan». Chateau Laurier mehmonxonasi xodimi ushbu surat almashtirib qo‘yilganini ilk bor 2022 yil 19 avgustda payqab qolgan.
Politsiyaning taxminiga ko‘ra, surat 2021 yilning 25 dekabridan 2022 yilning 6 yanvarigacha bo‘lgan davr oralig‘ida, kovid pandemiyasi bilan bog‘liq qat’iy cheklovlar vaqtida o‘g‘irlangan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, ushbu surat — siyosatchining eng mashhur portretlaridan bo‘lib, Britaniyaning 5 funtli banknotasida tasvirlangan va Londondagi kimoshdi uyi orqali italiyalik xaridorga sotilgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbulga borishni rad qilgan Putin, Trampning Qatardagi trillionlik kelishuvlari va G‘azodagi shifoxonaga zarba – kun dayjesti
Jahon | 13:58
-
Maktablarda 60 ming o‘qituvchi 8-12 mln so‘m maosh olyapti - prezident
O‘zbekiston | 13:50
-
Bojxona organlari tomonidan fuqarolarga pulli xizmatlarni ko‘rsatish tartibi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:29
-
Rossiyada tub xalqlarning tashkiloti «nomaqbul» deb tan olindi
Jahon | 12:49
Mavzuga oid

07:53 / 18.12.2022
Cherchilldan Gandigacha. Tarixni yaratgan siyosatchilar yozgan 9ta mashhur kitob

12:17 / 20.02.2022
Chilonzorda maktab ro‘parasidagi devorda Eynshteyn tasvirlangan graffiti o‘chirib tashlandi

08:02 / 24.12.2020
Time jurnali 2020 yil voqealari aks etgan suratlarni e'lon qildi

23:00 / 22.12.2020