Modrich yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) «Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrichni 2018 yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topdi.
Modrich 272 ochko bilan «Barselona» hujumchisi Lionel Messini (144 ochko) ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar (114) egalladi.
Yuqori o‘ntalikdan Kevin De Bryuyne (36), Neymar (18), Pol Pogba (14), Kristian Eriksen (10), Miralem Pyanich(7), Xames Rodriges (7) va Krishtianu Ronaldu (5) ham joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Modrich UYeFA, FIFA va Goal nashri tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Mavzuga oid

23:42 / 12.12.2023
Fayzullayev, Bellinghem, Gavi – IFFHS yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi

18:58 / 26.01.2023
O‘zbek futbol klublari Osiyoning eng yaxshilari safiga kiritildi

21:52 / 01.01.2023
Messi – milliy jamoadagi gollari soni bo‘yicha 2022 yilning eng yaxshi to‘purari. Shomurodov Benzema va Saloh bilan bir xil natija qayd etdi

23:09 / 26.12.2022