Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2022 yil yakuniga köra Osiyoning eng yaxşi 29 ta klubi röyxatini tuzdi.

Reytingda birinçi va ikkinçi örinni Janubiy Koreyaning «Çonbuk Hyonde Motors» va «Ulsan Hyonde» klublari, uçinçi örinni Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi egallab turibdi.

Şuningdek, kuçli beşlikdan «Tegu» (Janubiy Koreya) va Urava Red Daymonds (Yaponiya) klublari ham joy olgan.

Özbekiston klublari orasida Qarşining «Nasaf» klubi eng yaxşi natijani qayd qilib, öninçi örinni egallab turibdi. Jizzaxning «Söğdiyona» klubi 14-örinda, Toşkentning «Paxtakor» klubi esa 27-örinda qayd etilgan.

Turkmaniston, Tojikiston va Qirğiziston klublari IFFHS reytingigia kiritilmagan.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) futbol tarixi xronikasini yurituvçi taşkilotdir. U 1984 yilda Germaniyada taşkil etilgan. FIFA uşbu taşkilotni jahon futboli yilnomalariga rahbarlik qiluvçi organ sifatida tan oladi. Şunga qaramay, IFFHS rasmiy futbol tuzilmalari (FIFA va unga a’zo federatsiyalar) bilan rasman boğlanmagan.