Sport | 15:32 / 02.12.2018
6462
1 daqiqa o‘qiladi
Gvozdik amaldagi jahon chempioniga aylangan ukrainalik to‘rtinchi professional bokschi bo‘ldi
Ukrainalik yarim og‘ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Gvozdik kanadalik Adonis Stivensonni nokautga uchratib, WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioniga aylandi.
Monrealda bo‘lib o‘tgan jang 11-raundda to‘xtatildi.
Gvozdik professional ringdagi 16-jangida 16-g‘alabasini qo‘lga kiritdi, ulardan 13tasida nokautga erishgan.
Gvozdik boks bo‘yicha amaldagi jahon chempioniga aylangan to‘rtinchi ukrainalik bo‘ldi. Avvalroq Artem Dalakyan (o‘ta yengil vaznda WBA chempioni), Vasiliy Lomachenko (yengil vaznda WBA chempioni) va Alesandr Usik (birinchi og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni) chempionlik unvonlarini qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
10:17 / 22.09.2024