Özbekistonlik 29 yoşli professional boksçi 21 dekabr kuni Ar Riyodda taşkil etiladigan boks oqşomida ringga kötariladi. Raqib — ukrainalik Sergey Bogaçuk.
Oqşomning markaziy jangi britaniyalik sobiq çempion Tayson Fyuri va uning vaznida 4 ta kamar sohibi bölib turgan ukrainalik Aleksandr Usik örtasida ötadi.

Ma’lumot örnida, Madrimov (10-1-1) oxirgi jangini 4 avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarşi ötkazib, oçkolar hisobiga köra mağlub bölgandi. 29 yoşli Bogaçuk (24-2-0) esa söngi jangida amerikalik Verjil Ortisga yutqazgan.
















